OsonPrava

Foydalanish shartlari

OsonPrava — Haydovchilik guvohnomasi imtihoniga tayyorlov platformasi

Versiya 1.0 · Kuchga kirish sanasi: 2026-yil 24-sentabr

Ijrochi: IBROHIM MIRXOSHIMOV MOHIRJON O'G'LI YaTT

Aloqa: contact@osonprava.uz · +998 55 055 01 55 · Telegram: @osonprava_aloqa

Veb-sayt: https://osonprava.uz

1. Umumiy qoidalar

Ushbu Foydalanish shartlari (keyingi o'rinlarda — «Shartlar») OsonPrava platformasidan foydalanish tartibini hamda Ijrochi va Foydalanuvchi o'rtasidagi munosabatlarni belgilaydi.

Shartlar O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi. Platformadan foydalanishni boshlash, ro'yxatdan o'tish yoki tarif uchun to'lov qilish Shartlarning to'liq va so'zsiz qabul qilinishini, ya'ni Shartlarga rozilik bildirilganini anglatadi. Bunday rozilik yozma shaklda tuzilgan shartnomaga tenglashtiriladi.

Agar Shartlarning biror bandiga rozi bo'lmasangiz, Platformadan foydalanishni to'xtating.

Maxfiylik siyosati (https://osonprava.uz/privacy-policy) Shartlarning ajralmas qismi hisoblanadi. Shaxsiy ma'lumotlarni yig'ish va qayta ishlash masalalari o'sha hujjat bilan tartibga solinadi.

1.1. Ijrochi rekvizitlari

  • Nomi: IBROHIM MIRXOSHIMOV MOHIRJON O'G'LI YaTT
  • STIR: 603889694
  • Bank: «Kapitalbank» ATB Chorsu filiali
  • Hisob raqami: 20218000107016311001
  • MFO: 01158
  • Manzil: 100047, O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chaqar mahallasi, Laylito'g'on ko'chasi, 1-uy

2. Asosiy tushunchalar

  • Ijrochi (OsonPrava, «biz») — IBROHIM MIRXOSHIMOV MOHIRJON O'G'LI YaTT, Platformaning egasi va xizmatlarni ko'rsatuvchi shaxs.
  • Platforma — OsonPrava iOS va Android ilovalari, veb-ilova (app.osonprava.uz), osonprava.uz veb-sayti hamda Telegram bot va mini ilovasi (@OsonPrava_Bot).
  • Foydalanuvchi («siz») — Platformadan foydalanayotgan jismoniy shaxs.
  • Akkaunt — Foydalanuvchining Telegram yoki email orqali yaratilgan shaxsiy hisobi.
  • Tarif — ma'lum muddatga qo'shimcha funksiyalarni ochib beradigan pullik xizmat paketi.
  • Kontent — Platformadagi savollar, javoblar, izohlar, rasmlar, audio, video va boshqa materiallar.

3. Xizmatlar tavsifi

Platforma haydovchilik guvohnomasi nazariy imtihoniga tayyorlanish uchun quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • imtihon biletlari va mavzular bo'yicha testlar;
  • savollarga matnli va ovozli tushuntirishlar;
  • xatolar ustida ishlash va shaxsiylashtirilgan testlar;
  • imtihon rejimi va o'zlashtirish statistikasi;
  • Oktagon — boshqa foydalanuvchilar bilan onlayn bellashuv;
  • Avtodrom — amaliy mashg'ulot simulyatori (beta);
  • blog va foydali maqolalar.

3.1. Xizmatlarning o'zgarishi

Ijrochi xizmatlar tarkibini, funksiyalarni va ularning ko'rinishini o'zgartirish, yangilarini qo'shish yoki ayrimlarini to'xtatish huquqiga ega. Bunday o'zgarishlar allaqachon to'langan tarifning asosiy imkoniyatlarini muddati tugaguncha kamaytirmaydi.

4. Rasmiy maqom va natija kafolati yo'qligi

  • OsonPrava — xususiy ta'lim platformasi. U O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Yo'l harakati xavfsizligi xizmati, imtihon markazlari yoki boshqa davlat organlarining rasmiy resursi emas va ular bilan bog'liq emas.
  • Savollar ochiq manbalar va amaldagi Yo'l harakati qoidalari asosida tayyorlanadi. Ular rasmiy imtihondagi savollardan matn, rasm, tartib yoki javob variantlari bo'yicha farq qilishi mumkin. Qoidalar o'zgarganda Kontent darhol yangilanmasligi mumkin.
  • Ijrochi imtihondan muvaffaqiyatli o'tishni, haydovchilik guvohnomasi olinishini yoki boshqa natijani kafolatlamaydi. Natija Foydalanuvchining o'z bilimi va tayyorgarligiga bog'liq.
  • Platforma avtomaktabdagi ta'lim va amaliy haydash mashg'ulotlari o'rnini bosmaydi.
  • Kontentdagi xatolik haqida xabar bersangiz, uni imkon qadar tez tuzatishga harakat qilamiz.

5. Ro'yxatdan o'tish va akkaunt

  • Platformadan foydalanish uchun kamida 16 yoshga to'lgan bo'lishingiz kerak. 18 yoshga to'lmagan Foydalanuvchi tarif uchun to'lovni ota-onasi yoki qonuniy vakilining roziligi bilan amalga oshiradi.
  • Platformaning ayrim qismlaridan ro'yxatdan o'tmasdan ham foydalanish mumkin. Tarif sotib olish va natijalarni saqlash uchun akkaunt talab qilinadi.
  • Ro'yxatdan o'tishda to'g'ri va dolzarb ma'lumot kiritishingiz, to'lov uchun esa o'zingizga tegishli telefon raqamini tasdiqlashingiz kerak.
  • Bitta akkaunt ko'pi bilan 3 (uchta) qurilmada ishlatilishi mumkin.
  • Akkaunt faqat shaxsiy foydalanish uchun. Uni boshqa shaxsga berish, sotish, ijaraga berish yoki bir nechta shaxs bilan birgalikda ishlatish taqiqlanadi.
  • Akkauntga kirish ma'lumotlari (Telegram akkaunti, email, tasdiqlash kodlari) xavfsizligi uchun Foydalanuvchi o'zi javobgar. Akkauntingizdan amalga oshirilgan barcha harakatlar siz tomondan amalga oshirilgan hisoblanadi. Ruxsatsiz kirish holati haqida darhol bizga xabar bering.

6. Tariflar va to'lov

  • Platformaning asosiy qismi bepul. Qo'shimcha imkoniyatlar (masalan, ovozli tushuntirishlar, Avtodrom'dan cheklovsiz foydalanish va boshqalar) pullik tariflar orqali taqdim etiladi.
  • Tariflarning nomi, tarkibi, muddati va narxi to'lov oynasida ko'rsatiladi. Narxlar O'zbekiston so'mida belgilanadi. Ijrochi narxlarni o'zgartirish, chegirma va aksiyalar o'tkazish huquqiga ega; allaqachon to'langan tarif shartlari o'zgarmaydi.
  • To'lov faqat Telegram mini ilovasi (@OsonPrava_Bot) va veb-ilova (app.osonprava.uz) orqali, Payme, Click yoki Ijrochi belgilagan boshqa rasmiy to'lov tizimlari yordamida amalga oshiriladi.
  • iOS va Android ilovalari ichida to'lov qabul qilinmaydi. App Store va Google Play orqali hech qanday xarid yoki obuna amalga oshirilmaydi.
  • Barcha tariflar bir martalik to'lov asosida ishlaydi. Avtomatik yangilanish va kartadan avtomatik pul yechib olish yo'q: har bir to'lov faqat Foydalanuvchining o'zi to'lovni tasdiqlaganda amalga oshiriladi. Tarif muddati tugagach, u o'z-o'zidan uzaytirilmaydi.
  • Tarif to'lov tasdiqlangan paytdan boshlab faollashadi va to'lov oynasida ko'rsatilgan muddat davomida amal qiladi. Tarif muddati to'xtatib turilmaydi va boshqa akkauntga o'tkazilmaydi.
  • To'lov tizimlari (Payme, Click, banklar) mustaqil uchinchi tomonlardir. Bank karta ma'lumotlaringiz Ijrochi serverlarida saqlanmaydi.
  • Promokod va chegirmalar o'z shartlariga muvofiq qo'llaniladi, pulga almashtirilmaydi va boshqa shaxsga berilmaydi.

7. To'lovni qaytarish

Tarif raqamli xizmat bo'lib, u faollashgan paytdan boshlab Foydalanuvchiga to'liq taqdim etilgan hisoblanadi. Shu sababli tarif faollashgandan keyin to'langan mablag' qaytarilmaydi, jumladan quyidagi hollarda:

  • fikr o'zgarganda yoki tarif endi kerak bo'lmay qolganda;
  • imtihon topshirilganda, topshirilmaganda yoki imtihon sanasi o'zgarganda;
  • Foydalanuvchi tarifdan foydalanmaganda yoki qisman foydalanganda;
  • akkaunt Shartlar buzilgani sababli cheklanganda yoki bloklanganda;
  • Foydalanuvchi akkauntini o'zi o'chirganda.

7.1. Texnik xato

Agar tarif funksiyalari Platformaning texnik xatosi sababli ishlamagan bo'lsa, xato Ijrochi tomonidan tasdiqlansa va Foydalanuvchi muammo yuzaga kelgan paytdan boshlab 72 (yetmish ikki) soat ichida 17-bo'limdagi aloqa kanallari orqali yozma murojaat qilgan bo'lsa, Ijrochi xatoni tuzatadi, tarif muddatini uzaytiradi yoki mablag'ni to'liq yoki qisman qaytaradi.

7.2. Ijrochining ixtiyori

Yuqoridagi holatlardan tashqari, Ijrochi har bir murojaatni alohida ko'rib chiqib, o'z xohishiga ko'ra mablag'ni to'liq yoki qisman qaytarishi mumkin. Bu Ijrochining huquqi bo'lib, majburiyati emas. Bunday qaror boshqa holatlar uchun namuna yoki majburiyat hisoblanmaydi.

7.3. Qaytarish tartibi

Mablag' to'lov amalga oshirilgan usul orqali qaytariladi. Qaytarish muddati tegishli to'lov tizimi va bank qoidalariga bog'liq. Mablag' qaytarilgach, tegishli tarif bekor qilinadi. Xato to'lov (masalan, bir to'lov uchun ikki marta pul yechilishi) aniqlansa, ortiqcha summa to'liq qaytariladi.

8. Limitlar va beta funksiyalar

  • Bepul foydalanishda ayrim funksiyalarga kunlik yoki boshqa limitlar qo'yilishi mumkin (masalan, Avtodrom vaqti yoki ovozli tushuntirishlar soni). Limitlar hajmi va shartlari Platformada ko'rsatiladi va Ijrochi tomonidan o'zgartirilishi mumkin.
  • Suiiste'molning oldini olish uchun pullik tariflarda ham texnik cheklovlar (masalan, ma'lum vaqt ichidagi so'rovlar soni) qo'llanilishi mumkin.
  • «Beta» yoki «Tez orada» deb belgilangan funksiyalar sinov rejimida taqdim etiladi: ularda xatolar bo'lishi, ular o'zgarishi yoki to'xtatilishi mumkin va barqaror ishlashi kafolatlanmaydi.

9. Taqiqlangan harakatlar

Quyidagilar taqiqlanadi:

  • Platformadan qonunga yoki ushbu Shartlarga zid maqsadda foydalanish;
  • bot, skript, parser yoki boshqa avtomatlashtirilgan vositalar yordamida Kontentni yig'ish, nusxalash yoki yuklab olish;
  • savollar bazasini to'liq yoki qisman ko'chirib, boshqa ilova, sayt, kanal yoki nashrda joylashtirish;
  • rasmlardagi suv belgisini olib tashlash, yashirish yoki o'zgartirish;
  • Platforma serverlariga rasmiy ilovalardan tashqari yo'l bilan murojaat qilish, himoya tizimlari, limitlar yoki to'lovni chetlab o'tishga urinish;
  • Oktagon bellashuvlarida yordamchi dasturlar, avtomatik javob berish yoki boshqa nohalol usullardan foydalanish, natijalarni sun'iy o'zgartirish;
  • limit yoki promokodlardan qayta foydalanish maqsadida bir nechta akkaunt ochish;
  • haqoratli, uyatli yoki boshqa shaxslarning huquqlarini buzuvchi ism va profil rasmidan foydalanish;
  • Platformani buzish, xakerlik hujumi uyushtirish, zararli dastur tarqatish yoki serverlarga ataylab ortiqcha yuklama berish;
  • o'zini OsonPrava xodimi yoki vakili deb ko'rsatish.

10. Rasmiy Telegram guruhi va kanallari

  • OsonPrava'ning rasmiy Telegram guruhi va kanallari Foydalanuvchilar o'rtasida fikr almashish va yangiliklar uchun mo'ljallangan. Ularda ushbu Shartlar va Telegram qoidalari amal qiladi.
  • Guruhda haqorat, tahdid, spam, reklama, siyosiy yoki diniy tashviqot, uyatli kontent va boshqa shaxslarning shaxsiy ma'lumotlarini tarqatish taqiqlanadi.
  • Administratorlar qoidalarni buzgan xabarlarni o'chirish va ishtirokchilarni ogohlantirishsiz guruhdan chiqarish huquqiga ega.
  • Guruh ishtirokchilari yozgan xabarlar ularning shaxsiy fikri bo'lib, Ijrochi ular uchun javobgar emas. Rasmiy ma'lumot faqat Ijrochining rasmiy kanallari orqali beriladi.
  • Guruhda hech qachon to'lov ma'lumotlari, tasdiqlash kodlari yoki parollarni ulashmang. OsonPrava xodimlari bunday ma'lumotlarni hech qachon so'ramaydi.

11. Intellektual mulk

Platforma, uning nomi, logotipi, dizayni, dasturiy ta'minoti va barcha Kontent (savollar, izohlar, rasmlar, illyustratsiyalar, audio va video materiallar) Ijrochiga yoki tegishli huquq egalariga tegishli va qonun bilan himoya qilinadi.

Foydalanuvchiga Platformadan faqat shaxsiy, notijorat ta'lim maqsadida foydalanish uchun oddiy (mutlaq bo'lmagan) va boshqaga o'tkazilmaydigan huquq beriladi. Bu huquq Kontentga egalik huquqini bermaydi.

Kontentdan shaxsiy yoki ta'lim maqsadida iqtibos keltirish mumkin, bunda:

  • manba «Manba: osonprava.uz» deb aniq ko'rsatilishi shart;
  • rasmlar o'zgartirilmagan holda, suv belgisi bilan ishlatiladi;
  • tijorat maqsadida foydalanish, qayta tarqatish yoki nashr etish uchun Ijrochining oldindan yozma ruxsati talab qilinadi.

12. Akkauntni cheklash va o'chirish

  • Foydalanuvchi istalgan vaqtda Platforma sozlamalari orqali yoki qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilib akkauntini o'chirishi mumkin. Akkaunt o'chirilganda faol tarif ham tugaydi va qolgan muddat uchun mablag' qaytarilmaydi.
  • Ijrochi Shartlar buzilganda, firibgarlik yoki suiiste'mol belgilari aniqlanganda, boshqa foydalanuvchilar yoki Platforma xavfsizligiga tahdid tug'ilganda, shuningdek vakolatli organlarning qonuniy talabi bo'yicha akkauntni ogohlantirishsiz cheklash, vaqtincha to'xtatish yoki o'chirish huquqiga ega.
  • Shartlar buzilgani sababli bloklangan akkaunt uchun to'langan mablag' qaytarilmaydi. Bloklangan Foydalanuvchi yangi akkaunt ochib Platformadan foydalanishni davom ettirmasligi kerak.
  • Qarorga rozi bo'lmasangiz, qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilib uni qayta ko'rib chiqishni so'rashingiz mumkin.

13. Javobgarlikni cheklash

  • Platforma «boricha» taqdim etiladi. Ijrochi uning uzluksiz va xatosiz ishlashini kafolatlamaydi, lekin nosozliklarni imkon qadar tez bartaraf etishga harakat qiladi.
  • Ijrochi quyidagilar uchun javobgar emas: imtihon natijasi; Kontent asosida qabul qilingan qarorlar; internet, qurilma yoki uchinchi tomon xizmatlari (Telegram, App Store, Google Play, to'lov tizimlari, SMS provayderlar) ishidagi uzilishlar; Foydalanuvchi akkaunt ma'lumotlarini boshqalarga bergani oqibatlari; boshqa foydalanuvchilarning harakatlari va xabarlari.
  • Qonunchilik ruxsat etgan darajada Ijrochining javobgarligi Foydalanuvchi nizoga sabab bo'lgan tarif uchun amalda to'lagan summa bilan cheklanadi. Ijrochi boy berilgan foyda va bilvosita zarar uchun javobgar emas.
  • Foydalanuvchi Shartlarni buzishi natijasida Ijrochiga yetkazilgan zarar va xarajatlar uchun qonunchilikka muvofiq javobgar bo'ladi.

14. Fors-major

Tomonlar yengib bo'lmas kuch holatlari tufayli majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgar emas. Bunday holatlarga tabiiy ofatlar, yong'in, epidemiya, urush, davlat organlarining qarorlari, internet yoki elektr ta'minotidagi yirik uzilishlar, kiberhujumlar, hosting va boshqa uchinchi tomon provayderlari faoliyatidagi uzilishlar kiradi.

15. Nizolarni hal qilish

  • Shartlar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida tartibga solinadi va talqin qilinadi.
  • Nizolar avvalo muzokara yo'li bilan hal qilinadi. Da'vo 17-bo'limdagi aloqa kanallari orqali yozma shaklda yuboriladi va Ijrochi uni oqilona muddatda, odatda 10 (o'n) ish kuni ichida ko'rib chiqadi.
  • Kelishuvga erishilmasa, nizo O'zbekiston Respublikasining tegishli sudida qonunchilikda belgilangan tartibda ko'rib chiqiladi.

16. Shartlarni o'zgartirish

  • Ijrochi Shartlarni bir tomonlama o'zgartirish huquqiga ega. Yangi tahrir ushbu sahifada e'lon qilingan paytdan kuchga kiradi, agar unda boshqa sana ko'rsatilmagan bo'lsa.
  • Muhim o'zgarishlar haqida Platforma ichida, Telegram bot orqali yoki boshqa maqbul usulda xabar beriladi.
  • O'zgarishlardan keyin Platformadan foydalanishni davom ettirish yangi tahrirga rozilik hisoblanadi. Rozi bo'lmasangiz, foydalanishni to'xtating. O'zgarishlar allaqachon to'langan tarifning muddati va asosiy imkoniyatlarini kamaytirmaydi.

17. Aloqa

Savollar, murojaatlar va da'volar uchun:

  • Email: contact@osonprava.uz
  • Telefon: +998 55 055 01 55
  • Telegram (qo'llab-quvvatlash): @osonprava_aloqa
  • Telegram bot: @OsonPrava_Bot
  • Veb-sayt: https://osonprava.uz

18. Yakuniy qoidalar

  • Agar Shartlarning biror bandi haqiqiy emas deb topilsa, qolgan bandlar o'z kuchida qoladi.
  • Ijrochining Shartlar buzilishiga darhol munosabat bildirmasligi uning keyinchalik o'z huquqlarini himoya qilishdan voz kechganini anglatmaydi.
  • Shartlar o'zbek (lotin va kirill yozuvida) va rus tillarida e'lon qilinadi. Matnlar o'rtasida farq bo'lsa, o'zbek tilidagi lotin yozuvidagi matn ustun hisoblanadi.

© 2026 OsonPrava. Barcha huquqlar himoyalangan.