Umumiy qoidalar
Haydovchilarning umumiy vazifalari
Haydovchilarning umumiy vazifalari mavzusi har bir haydovchi o'zida olib yurishi shart bo'lgan hujjatlar, safardan oldin transport vositasining sozligini tekshirish, xavfsizlik kamaridan foydalanish va vakolatli shaxslar talablariga amal qilish kabi majburiyatlarni o'rganadi (YHQ 2-bob). Imtihonda bu mavzu bo'yicha prava savollari kam emas.
O'quvchilar ko'pincha haydovchiga taqiqlangan harakatlarni to'liq bilmaydi: mast yoki charchagan holda boshqarish, boshqarishni huquqi yo'q shaxsga topshirish, harakat vaqtida telefondan qo'lda foydalanish. Xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat etilgan holatlar va haydovchi transportini qaysi hollarda boshqa shaxslarga berishi kerakligini ham o'rganing.
Bu mavzuda nimani o'rganasiz
- Haydovchi olib yurishi shart bo'lgan hujjatlar
- Haydovchiga taqiqlangan harakatlar
- Xavfsizlik kamaridan foydalanish talablari
- Vakolatli shaxslar talablariga amal qilish
Mavzudagi savollar (11 ta)
- Haydovchi o'z harakati yo'nalishidan qat'iy nazar kimga transport vositasini taqdim etishi kerak?2 ta variantAudioVideo
- Sanab o'tilgan hollarning qaysi birida qoidalar haydovchi o'zining transport vositasini ichki ishlar xodimi ixtiyoriga berishi shart?3 ta variantAudioVideo
- Yo'l-transport hodisasiga daxldor bo'lgan haydovchilar birinchi navbatda bajarishlari shart:3 ta variantAudioVideo
- Transport vositalari ixtiyoriga berilgan vakolatnomasi bo'lgan shaxs o'zining ishtirokida transport vositasini boshqa shaxsga boshqarishni topshirishi mumkinmi3 ta variantAudioVideo
- Haydovchi yo'l-transport hodisasida shikastlangan transport vositasini shatakka olish uchun yuk avtomobilini ichki ishlar organi xodimi ixtiyoriga qanday holda berishi kerak?3 ta variantAudioVideo
- Reaksiya va diqqatni pasaytiruvchi dori-darmonlar ta'sirida bo'lgan haydovchiga transport vositalarini boshqarishga ruxsat etiladimi?3 ta variantAudioVideo
- Agar yo'l-transport hodisasi natijasida hech kim jabrlanmasa, moddiy zarar esa ahamiyatsiz bo'lsa, haydovchilarning o'zlari hodisa ro'y bergan joyni tark etib, DYHXXning eng yaqin yoki IIO idorasiga hodisani qayd qilish uchun bora oladilarmi?3 ta variantAudioVideo
- Haydovchiga transport vositasini boshqarish vaqtida telefondan foydalanishga ruxsat etiladimi?3 ta variantAudioVideo
- Yo'l transport hodisasiga daxldor haydovchilar birinchi navbatda nima qilishlari kerak?3 ta variantAudioVideo
- Quyidagi shaxslarga xavfsizlik kamarini (konstruksiyasida xavfsizlik kamari nazarda tutilgan transport vositalarida) taqmaslikka ruxsat beriladi:5 ta variantAudioVideo
- Mexanik transport vositasining egasi yonida haydovchilik guvohnomasi bo'lmaganida qanday hujjat bilan boshqarishga ruxsat etiladi?5 ta variantAudioVideo
To'g'ri javobni bilib oling
Telegram botda shu savolni yeching — javob berishingiz bilan to'g'ri yoki xato ekanini ko'rasiz. To'liq tayyorgarlik uchun ilovani yuklab oling: barcha savollar, ovozli va video tushuntirishlar, imtihon rejimi.