Xavfsizlik va yakuniy

Birinchi tibbiy yordam

Birinchi tibbiy yordam mavzusi yo'l-transport hodisasidan jabrlanganlarga tibbiy xodimlar yetib kelgunga qadar ko'rsatiladigan yordamni o'rganadi: qon ketishini to'xtatish, singan joyni qimirlamaydigan qilish, nafas va yurak faoliyatini tiklash, kuyish va shokda yordam. Haydovchi uchun bu bilim inson hayotini saqlab qolishi mumkin, imtihonda esa bu mavzu bo'yicha prava savollari ko'p.

O'quvchilar ko'pincha arterial va venoz qon ketishini farqlashda, jgut qo'yish joyi va vaqtida, jabrlanuvchini qachon joyidan qo'zg'atmaslik kerakligida adashadi. Hushsiz odamni qanday holatga yotqizish va sun'iy nafas bilan yurak massajini qanday navbatlashni ham puxta o'rganing.

Bu mavzuda nimani o'rganasiz

  • Qon ketish turlari va uni to'xtatish usullari
  • Singan joy va jarohatlarda yordam
  • Hushsiz jabrlanuvchiga yordam ko'rsatish
  • Yurak-o'pka reanimatsiyasi asoslari

Mavzudagi savollar (34 ta)

  1. Umurtqasining ko'krak qismi shikastlangan kishi transportda qanday tashiladi?3 ta variantAudioVideo
  2. Qo'l jarohatlanganda kiyim qanday tartibda kiygiziladi?3 ta variantAudioVideo
  3. Suyak singanda qotirib bog'lash uchun nimadan shina sifatida foydalanish eng qulay?3 ta variantAudioVideo
  4. Shikastlangan kishining o'mrov suyagi singanda nima qilish kerak?3 ta variantAudioVideo
  5. Sonning yumshoq to'qimalari lat yeganda birinchi tibbiy yordam qanday ko'rsatiladi?3 ta variantAudioVideo
  6. Son suyagining uchdan birining pastki qismi singanda jarohatlangan odamni transportda tashish uchun taxtakach qanday qo'yiladi?3 ta variantAudioVideo
  7. Tos suyaklari singanda birinchi yordam qanday ko'rsatiladi?3 ta variantAudioVideo
  8. Qon oqishini to'xtatuvchi jgut qo'l-oyoqlarga qanday bog'lanadi?3 ta variantAudioVideo
  9. Avtomobilda tibbiyot qutichasini qayerda saqlash lozim?3 ta variantAudioVideo
  10. Toliqish haydovchining diqqatiga va e'tiboriga qanday ta'sir qiladi?3 ta variantAudioVideo
  11. 5% li yod eritmasi (yod nastoykasi) nima uchun qo'llaniladi?3 ta variantAudioVideo
  12. Qattiq charchoq boshlanishining asosiy tashqi alomatlari qanday?3 ta variantAudioVideo
  13. Bosh miya va kalla suyagi o'rtacha holatda jarohatlangan jabrlanuvchini transportning qaysi turida tashish kerak?3 ta variantAudioVideo
  14. Ko'krak qafasi shikastlangan yaradorni kerakli joyga qanday eltish kerak?3 ta variantAudioVideo
  15. Jarohatdan hushdan ketganda birinchi tibbiy yordamni qanday ko'rsatish kerak?2 ta variantAudioVideo
  16. Jabrlanuvchiga uning yurak faoliyati yoki nafas olishi to'xtaganda qanday ketma-ketlikda birinchi yordam ko'rsatish zarur?3 ta variantAudioVideo
  17. Agar jonlantirishni (reanimatsiyani) 2 kishi bir vaqtda olib borganda yurakni bilvosita massaj qilish va sun'iy nafas oldirish qanday bajariladi?3 ta variantAudioVideo
  18. Boldir suyagi o'rtasidan singanda transportda olib yurish uchun taxtakach yoki uning o'rniga o'tuvchi narsa qanday qo'yiladi?3 ta variantAudioVideo
  19. Benzin bug'idan zaharlanishning alomatlari qanday?2 ta variantAudioVideo
  20. Qishda boldirga qon to'xtatadigan jgutni qancha muddatga qo'yish mumkin?3 ta variantAudioVideo
  21. Ko'krak qafasining ko'p qismi jarohatlanganda uni qayerdan boshlab bint bilan bog'lash kerak?3 ta variantAudioVideo
  22. Qo'l jarohatlanganda jabrlanuvchining ko'ylagi, kiyimi qanday yechilsa to'g'ri bo'ladi?3 ta variantAudioVideo
  23. Qornidan yopiq jarohat olgan jabrlanuvchi qanday tashiladi?3 ta variantAudioVideo
  24. Bosh miya jarohatlanishining asosiy alomatlari:4 ta variantAudioVideo
  25. Shokning belgilari:4 ta variantAudioVideo
  26. Bosh miya jarohatlanishining quyidagi alomatlar bilan xarakterlanadi:4 ta variantAudioVideo
  27. Arterial qon kelish alomatlarini ko'rsating3 ta variantAudioVideo
  28. Venoz qon ketish alomatlarini ko'rsating:3 ta variantAudioVideo
  29. Qorin bo'shlig'i jarohatlangan odamga ovqat, suv, dori-darmon berishi mumkinmi?2 ta variantAudioVideo
  30. Bosh miya jarohatlanganda, miya chayqalganda yoki bo'yin qismi jarohatlanganda birinchi yordam ko'rsatish:3 ta variantAudioVideo
  31. Muskul va paylarning ezilishi hamda cho'zilishi alomatlari qanday?2 ta variantAudioVideo
  32. Shokning belgilari qanday ?5 ta variantAudioVideo
  33. Qaysi holatlarda jabrlanuvchiga yurak-o'pka reanimatsiyasini boshlash kerak?3 ta variantAudioVideo
  34. Qo'l-oyoq uchlari (tirsakdan past qismi, boldir) sinishida transport shinalari yoki ularni qo'lda yasash uchun vositalar bo'lmasa birinchi tibbiy yordam qanday ko'rsatiladi?3 ta variantAudioVideo

To'g'ri javobni bilib oling

Telegram botda shu savolni yeching — javob berishingiz bilan to'g'ri yoki xato ekanini ko'rasiz. To'liq tayyorgarlik uchun ilovani yuklab oling: barcha savollar, ovozli va video tushuntirishlar, imtihon rejimi.

Shu bo'limdagi boshqa mavzular