Asosiy manyovrlar

Harakatlanishni boshlash, manyovr qilish

Harakatlanishni boshlash va manyovr qilish mavzusi joyidan qo'zg'alish, qatordan qatorga o'tish, burilish, qaytib olish va orqaga yurish qoidalarini o'z ichiga oladi (YHQ 9-bob). Har qanday manyovr boshqa yo'l harakati qatnashchilariga xavf tug'dirmasligi va xalaqit bermasligi kerak. Bu prava savollari orasida eng katta mavzulardan biri.

Imtihonda ko'p xato qator almashtirishda kimga yo'l berish kerakligini, ikki haydovchi bir vaqtda qator almashtirganda navbatni va qaytib olish taqiqlangan joylarni bilmaslikdan kelib chiqadi. Burilishdan oldin qaysi chekka holatni egallash kerakligiga va orqaga yurish qayerda taqiqlanganiga ham e'tibor bering.

Bu mavzuda nimani o'rganasiz

  • Joyidan qo'zg'alish va qator almashtirishda yo'l berish
  • Burilishdan oldin to'g'ri holatni egallash
  • Qaytib olish taqiqlangan joylar
  • Orqaga yurish qoidalari

Mavzudagi savollar (53 ta)

  1. Haydovchi harakatlanishni boshlashidan oldin qanday amallarni bajarishi kerak?4 ta variantAudioVideo
  2. Transport vositasini orqaga harakatlantirish paytida haydovchi qanday talablarni bajarishi kerak?4 ta variantAudioVideo
  3. Chorrahada aylanma harakatlanish tashkil qilingan. Siz yaqinlashib kelayotgan chorrahaning qatnov qismi ikkita harakat tasmasiga ega. Chorrahaga kirishda burilish uchun Siz qaysi tasmani egallashingiz lozim?3 ta variantAudioVideo
  4. Agar transport vositasi o'lchamlari kattaligidan yoki boshqa sabablarga ko'ra chetki holatda burilishni bajara olmagan bo'lsa, bu qoidadan chetga chiqqan holda burilishga yo'l qo'yiladimi?4 ta variantAudioVideo
  5. Haydovchi piyodalarga qachon yo'l berishi kerak?5 ta variantAudioVideo
  6. Hamma tasmalar band bo'lgan serqatnov harakatlanish vaqtida qayrilib olishga ruxsat beriladimi?4 ta variantAudioVideo
  7. Haydovchi qayta tizilishdan va harakatlanish yo'nalishini o'zgartirishdan oldin nima qilishi zarur?4 ta variantAudioVideo
  8. Qayrilib olish taqiqlanadi:5 ta variantAudioVideo
  9. Yashil avtomobil haydovchisi:3 ta variantAudioVideo
  10. Qayrilish taqiqlanadi:4 ta variantAudioVideo
  11. Qaysi transport vositasining haydovchisi yo'l berishi lozim?2 ta variantAudioVideo
  12. Harakatda imtiyozga ega bo'ladi:3 ta variantAudioVideo
  13. Qaysi joylarda orqa bilan harakatlanish taqiqlanadi?4 ta variantAudioVideo
  14. Serqatnov harakatda transport vositasini keskin tormozlash:3 ta variantAudioVideo
  15. Ko'rsatilgan vaziyatda yengil avtomobilning haydovchisi qanday yo'l tutishi kerak?3 ta variantAudioVideo
  16. Qaysi transport vositasining haydovchisi qayrilishni to'g'ri bajaradi?3 ta variantAudioVideo
  17. Qaysi transport vositasining haydovchisi aylanma harakatli kesishmaga to'g'ri chiqadi?3 ta variantAudioVideo
  18. Qayta tizilishda haydovchi boshqa transport vositalariga yo'l berishi kerakmi?3 ta variantAudioVideo
  19. Qaysi transport vositasining haydovchisi yo'lda tezlanish tasmasi bo'lganda unga chiqish qoidasini buzdi?4 ta variantAudioVideo
  20. Agar qatnov qismining kengligi chetki chap tasmadan qayrilish uchun yetarli bo'lmasa, qoidalar qayrilishni qatnov qismining o'ng chekkasi yoki yo'lning o'ng yoqasidan amalga oshirishga yo'l qo'yadimi?3 ta variantAudioVideo
  21. Tormozlanish tasmasi bo'lgan yo'lda qaysi transport vositasi unga chiqish qoidasini buzdi?3 ta variantAudioVideo
  22. Haydovchining o'zi aniqlay oladigan harakatlanish uchun to'sqinlik yoki xavf tug'ilganda qanday choralar ko'rishi kerak?4 ta variantAudioVideo
  23. Ko'k avtomobilning haydovchisi qanday yo'l tutishi kerak?3 ta variantAudioVideo
  24. Qayrilish taqiqlanadi:4 ta variantAudioVideo
  25. Siz chapga burilishga yoki qayrilishga qaror qildingiz. Orqa ko'rinadigan ko'zguga qarab, bildingizki, ortingizdagi haydovchi sizni quvib o'tmoqchi. Sizning bundan keyingi harakatingiz?3 ta variantAudioVideo
  26. Chiziqlar bilan tasmalarga ajratilgan yo'lning qatnov qismida transport vositalarining harakatlanishi qanday amalga oshirilishi kerak?4 ta variantAudioVideo
  27. Sanab o'tilgan hollarning qay birida qatnov qismining o'ng chetidan yoki yo'lning o'ng yoqasidan qayrilishga ruxsat etiladi?3 ta variantAudioVideo
  28. Qayrilish taqiqlanadi:5 ta variantAudioVideo
  29. Qishloq xo'jalik ishlari olib boriladigan dalada yuk avtomobili va traktorning harakat trayektoriyasi kesishadi. Kim yo'l berishi kerak?4 ta variantAudioVideo
  30. Ushbu ko'rsatilgan holatda mototsikl haydovchisi sizga yo'l berishi kerakmi?2 ta variantAudioVideo
  31. Ushbu ko'rsatilgan vaziyatda sizga hovliga orqa bilan kirib qayrilib olishga ruxsat beriladimi?3 ta variantAudioVideo
  32. Quvib o'tishni bajarayotganda chapga burilishni ko'rsatuvchi chiroqni qachon o'chirishingiz kerak?3 ta variantAudioVideo
  33. Cheklangan ko'rinish sharoitida orqaga harakatlanishda harakat xavfsizligini ta'minlash uchun:3 ta variantAudioVideo
  34. Sekinlashish tasmasi bo'lgan yo'llarda burilmoqchi bo'lgan haydovchi qachon tezlikni kamaytirishi lozim?2 ta variantAudioVideo
  35. Ushbu holatda qaysi transport vositasi yo'l berishi kerak?2 ta variantAudioVideo
  36. Ushbu chorrahada haydovchiga orqaga harakatlanib ko'rsatilgan manyovrni bajarishga ruxsat etiladimi?2 ta variantAudioVideo
  37. Ushbu ko'rsatilgan holatda kim yo'l berishi kerak?2 ta variantAudioVideo
  38. Ushbu vaziyatda siz o'ngdagi tasmada harakatlanayotib sizning tasmangizga qayta tizilmoqchi bo'lgan transport vositasiga yo'l berishingiz kerakmi?2 ta variantAudioVideo
  39. Chap tomondagi yondosh hududdan foydalanib qayrilib olishning ko'rsatilgan qaysi usuli harakat xavfsizligini ta'minlaydi?3 ta variantAudioVideo
  40. Qaysi javobda orqaga harakatlanish taqiqlangan joylar ko'rsatilgan?4 ta variantAudioVideo
  41. Chapga burilayotgan sariq avtomobil haydovchisi qaysi tasmalarni egallashi kerak?4 ta variantAudioVideo
  42. Bir vaqtda qayrilishda qaysi transport vositasi yo'l berishi kerak?3 ta variantAudioVideo
  43. Siz qizil avtomobilda to‘xtab turish joyidan chiqyapsiz, boshqa transport vositasi bilan yo‘llaringiz kesishdi, ushbu holatda qanday harakat qilishingiz kerak?3 ta variantAudioVideo
  44. Ushbu vaziyatda qaysi transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak?2 ta variantAudioVideo
  45. Ushbu vaziyatda kim yo'l berishi kerak?2 ta variantAudioVideo
  46. Qaysi avtomobil haydovchisi yo'l berishi kerak?2 ta variantAudioVideo
  47. Qaysi avtomobil chorrahada burilish qoidasini buzdi?4 ta variantAudioVideo
  48. Bir yo‘nalishda harakatlanayotgan (burilishga kirishmagan) relssiz transport vositasidan o‘zib ketishga ruxsat beriladi:3 ta variantAudioVideo
  49. Avtomobil qaysi yo‘nalishda qayrilib olishiga ruxsat beriladi?3 ta variantAudioVideo
  50. Avtomobil haydovchisi qaysi yo‘nalish bo‘yicha qoidani buzib burilmoqda?4 ta variantAudioVideo
  51. Ushbu qora transport vositasining haydovchisining yo‘nalishni o‘zgartirishi qanday nomlanadi?5 ta variantAudioVideo
  52. Qaysi yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishga ruxsat berilgan?4 ta variantAudioVideo
  53. Piyodalarga qatnov qismini kesib o‘tishga ruxsat etiladimi?3 ta variantAudioVideo

To'g'ri javobni bilib oling

Telegram botda shu savolni yeching — javob berishingiz bilan to'g'ri yoki xato ekanini ko'rasiz. To'liq tayyorgarlik uchun ilovani yuklab oling: barcha savollar, ovozli va video tushuntirishlar, imtihon rejimi.

Shu bo'limdagi boshqa mavzular