Asosiy manyovrlar

Yoʻlning qatnov qismida transport vositalarining joylashuvi

Bu mavzu transport vositasining qatnov qismidagi o'rnini o'rganadi: qatnov qismidagi tasmalar sonini aniqlash, o'ng chekkaga yaqin harakatlanish, qarama-qarshi harakat tasmasiga chiqish taqiqi, tramvay yo'lidan foydalanish va xavfsiz oraliq masofa (YHQ 10-bob). Imtihonda ko'p tasmali yo'llardagi vaziyatlar bo'yicha prava savollari tez-tez beriladi.

O'quvchilar ko'pincha aholi punktidan tashqarida o'ng tasmalar bo'sh bo'lganda chap tasmani egallash mumkin emasligini unutadi. Sekin yuruvchi va yuk transporti qaysi tasmadan foydalanishi, bir yo'nalishdagi tramvay yo'liga qachon chiqish mumkinligi hamda oldingi transportdan xavfsiz masofani saqlash talabiga ham e'tibor bering.

Bu mavzuda nimani o'rganasiz

  • Qatnov qismida tasmalar sonini aniqlash
  • O'ng chekkaga yaqin harakatlanish talabi
  • Tramvay yo'lidan foydalanish tartibi
  • Xavfsiz oraliq masofa va yon interval

Mavzudagi savollar (39 ta)

  1. Yo'lning qarama-qarshi harakat yo'nalishi tomoniga chiqish qachon taqiqlanadi?3 ta variantAudioVideo
  2. Harakat ikki tomonlama bo'lgan, uch tasmali yo'lda siz o'ngga burilishingiz zarur. Ushbu harakatni qaysi tasmadan amalga oshirasiz?4 ta variantAudioVideo
  3. Avtomobillarga qaysi yo'nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi?3 ta variantAudioVideo
  4. Transport vositasi qachon faqat o'ng chetki tasmada harakatlanishi kerak?4 ta variantAudioVideo
  5. Oraliq masofa deb nimaga aytiladi?3 ta variantAudioVideo
  6. Yengil avtomobil haydovchilarining qaysi biri aholi punktlarida harakatlanish qoidalarini buzmoqda?3 ta variantAudioVideo
  7. Siz reversiv harakatli yo'lga burildingiz. Burilishdan keyin siz qaysi tasma bo'ylab harakatlanish huquqiga egasiz?3 ta variantAudioVideo
  8. Chorrahani kesib o'tishda tramvay yo'li bo'ylab harakatlanishga ruxsat etiladimi?4 ta variantAudioVideo
  9. Aholi punktlaridan tashqarida, ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ziyod avtomobillarning harakatlanishiga qaysi tasmadan ruxsat etiladi?3 ta variantAudioVideo
  10. Siz uchta tasmasi bo'lgan ikki tomonlama harakatli yo'l bo'ylab ketayapsiz, o'rta tasmaga o'tishga qanday holda ruxsat etiladi?4 ta variantAudioVideo
  11. Relssiz transport vositalarining harakatlanishi uchun tasmalar soni qanday aniqlanadi?4 ta variantAudioVideo
  12. Uch tasmali bo'lgan ikki tomonlama harakat tashkil qilingan yo'llarda qarama-qarshi harakat uchun mo'ljallangan chetki chap tasmaga o'tishga ruxsat etiladimi?3 ta variantAudioVideo
  13. Ko'k avtomobilga qaysi yo'nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi?4 ta variantAudioVideo
  14. Burilish vaqtida qatnov qismining kesishmasidan chiqishda transport vositasi qayerda bo'lmasligi kerak?4 ta variantAudioVideo
  15. Ko'k avtomobilning haydovchisiga quvib o'tishga ruxsat etiladimi?3 ta variantAudioVideo
  16. Aholi punktlarida relssiz transport vositalariga, agar bir yo'nalishda uchta va undan ortiq harakatlanish tasmasi bo'lganda, qaysi tasmadan harakatlanishga ruxsat etiladi? (yuk avtomobillari hisobga kirmaydi)3 ta variantAudioVideo
  17. Haydovchi aholi punktidan tashqarida harakat qoidalarini buzmoqdami?2 ta variantAudioVideo
  18. Harakat tezligi 40 km/sdan oshmaydigan transport vositasiga qatnov qismining chap tasmasiga chiqishga qachon ruxsat etiladi?3 ta variantAudioVideo
  19. Qizil avtomobilning haydovchisiga tramvay yo'li bo'yicha harakatlanishga ruxsat etiladimi?2 ta variantAudioVideo
  20. Transport vositalarining trotuar va piyodalar yo'lkasi bo'ylab harakatlanishiga yo'l qo'yiladimi?4 ta variantAudioVideo
  21. Aholi yashaydigan yo'llardan tashqarida yo'lning qatnov qismida haydovchilar transport vositalarini qayerda harakatlantirishlari kerak?3 ta variantAudioVideo
  22. Yo'l harakati qoidalari bo'yicha "yonlama oraliq masofa"ni ko'rsating:4 ta variantAudioVideo
  23. Ushbu yo'lda sizga yo'l belgisidan keyin qaysi tasmalarda harakatlanishga ruxsat beriladi?3 ta variantAudioVideo
  24. Siz ro'paradan yaqinlashayotgan yuk avtomobiliga yo'l berishingiz kerakmi?2 ta variantAudioVideo
  25. Ushbu vaziyatda quvib o'tishdan so'ng Siz o'rta tasmada qolishingiz mumkinmi?2 ta variantAudioVideo
  26. Yonlama oraliq masofani tanlashda tezlikning dahli bormi?2 ta variantAudioVideo
  27. Xavfsiz oraliq masofani ko'rsating3 ta variantAudioVideo
  28. Agar biror-bir to'siq sababli qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanish qiyin bo'lsa kim yo'l berishi kerak?2 ta variantAudioVideo
  29. Haydovchi o'zidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi bilan qancha oraliq masofa saqlab harakatlanishi kerak?3 ta variantAudioVideo
  30. Haydovchi yo'lning relssiz transport vositalari harakatlanadigan tasmalar sonini belgilaydigan chiziqlar yoki yo'l belgilari bo'lmasa, tasmalar sonini qanday aniqlashi kerak?2 ta variantAudioVideo
  31. Qatnov qismi yo'l chiziqlari bilan ajratilgan bo'lsa haydovchilar qanday holatlarda qat'iy tasmalar bo'yicha harakatlanishlari kerak?3 ta variantAudioVideo
  32. Bir yo'nalishda uch va undan ortiq tasmali har qanday yo'lda yuk avtomobillariga chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi:4 ta variantAudioVideo
  33. Qaysi transport vositasining haydovchisi aholi punktlarida to‘xtash qoidasini buzmoqda?4 ta variantAudioVideo
  34. Agar yo‘l belgilari va chiziqlari boshqa yo‘nalishni ko‘rsatmagan bo‘lsa, haydovchilar ajratuvchi bo‘lagi bo‘lmagan ikki tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llardagi xavfsizlik orolchalari, ustunchalar va yo‘l inshooti qismlari (ko‘prik, yo‘l o‘tkazgich ustunlari va shunga o‘xshashlar)ni qaysi tomondan aylanib o‘tishlari kerak?3 ta variantAudioVideo
  35. Avtomobillar harakatlanayotgan qatnov qismida nechta harakatlanish tasmasi bor?3 ta variantAudioVideo
  36. Qaysi avtomobil haydovchisi qoidani buzmasdan harakatlanmoqda?4 ta variantAudioVideo
  37. Qaysi yo'nalish bo‘yicha chapga burilishga ruxsat etiladi?4 ta variantAudioVideo
  38. Qaysi haydovchi burilishni to‘g‘ri bajardi?4 ta variantAudioVideo
  39. Avtomobillar harakatlanayotgan qatnov qismida nechta harakatlanish tasmasi bor?3 ta variantAudioVideo

To'g'ri javobni bilib oling

Telegram botda shu savolni yeching — javob berishingiz bilan to'g'ri yoki xato ekanini ko'rasiz. To'liq tayyorgarlik uchun ilovani yuklab oling: barcha savollar, ovozli va video tushuntirishlar, imtihon rejimi.

Shu bo'limdagi boshqa mavzular