Maxsus vaziyatlar

Avtomagistrallarda harakatlanish

Avtomagistrallar yuqori tezlikda harakatlanish uchun mo'ljallangan, shuning uchun ularda alohida qoidalar amal qiladi (YHQ 19-bob). Mavzu avtomagistralda harakatlanishi taqiqlangan transport va yo'l harakati qatnashchilari, yuk avtomobillari uchun tasma cheklovi, to'xtash joylari hamda ajratuvchi bo'lakdagi uzilishlardan foydalanish taqiqini o'rganadi. Imtihonda bu mavzu bo'yicha prava savollari ko'p uchraydi.

O'quvchilar ko'pincha avtomagistralda qaytib olish, orqaga yurish va o'quv mashg'ulotlari taqiqlanganini unutadi. Majburiy to'xtashda transportni qayerga olib chiqish kerakligi va avtomagistralga qaysi transport vositalari chiqa olmasligiga alohida e'tibor bering.

Bu mavzuda nimani o'rganasiz

  • Avtomagistralda harakatlanishi taqiqlangan transportlar
  • Avtomagistralda taqiqlangan manyovrlar
  • To'xtash va majburiy to'xtash tartibi
  • Yuk avtomobillari uchun tasma cheklovi

Mavzudagi savollar (14 ta)

  1. Avtomagistralda quyidagilar taqiqlanadi:4 ta variantAudioVideo
  2. Avtomagistralda shatakka olishga ruxsat beriladimi?5 ta variantAudioVideo
  3. Avtomagistrallarda to'xtashga ruxsat etilganmi?4 ta variantAudioVideo
  4. Avtomagistralda boshqarishni o'rganish:4 ta variantAudioVideo
  5. Yuk avtomobillariga avtomagistrallarda yo'lning chetki chap qatorida harakatlanishiga ruxsat etiladimi?3 ta variantAudioVideo
  6. "Avtomagistral" belgisi bilan belgilangan yo'lda piyodalarning harakatlanishiga ruxsat etiladimi?3 ta variantAudioVideo
  7. Ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 t dan kam bo'lgan yuk avtomobilining haydovchisiga avtomagistrallarda nima taqiqlangan?4 ta variantAudioVideo
  8. Avtomagistralda ajratuvchi mintaqaning uzilishlariga kirishga ruxsat etiladimi?4 ta variantAudioVideo
  9. Bu belgi bilan belgilangan yo'l qismlarida ajratuvchi mintaqaning uzilish joyida qayrilishga ruxsat etiladimi?3 ta variantAudioVideo
  10. Avtomagistrallarda transport vositalarining atayin to'xtashi qaysi joylarda ruxsat etilgan?3 ta variantAudioVideo
  11. Transport vositalarining tezligi texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko'ra 40 km/s dan kam bo'lganda avtomagistral bo'ylab harakatlanishga ruxsat etiladimi?3 ta variantAudioVideo
  12. Ko'rsatilgan belgilardan qaysinisi orqaga harakatlanishni taqiqlaydi?5 ta variantAudioVideo
  13. Avtomagistralda to'xtashga ruxsat berilgan3 ta variantAudioVideo
  14. Qaysi transport vositasi haydovchisi qoida buzib harakatlanmoqda?3 ta variantAudioVideo

To'g'ri javobni bilib oling

Telegram botda shu savolni yeching — javob berishingiz bilan to'g'ri yoki xato ekanini ko'rasiz. To'liq tayyorgarlik uchun ilovani yuklab oling: barcha savollar, ovozli va video tushuntirishlar, imtihon rejimi.

Shu bo'limdagi boshqa mavzular