Maxsus vaziyatlar

Yoʻnalishli transport vositalarining imtiyozlari

Yo'nalishli transport vositalarining imtiyozlari mavzusi tramvay, avtobus va trolleybuslarga nisbatan haydovchilarning majburiyatlarini o'rganadi (YHQ 22-bob). Chorrahadan tashqarida tramvay yo'llari qatnov qismini kesib o'tgan joylarda tramvayning imtiyozi, yo'nalishli transport uchun ajratilgan tasmalar va bekatdan qo'zg'alayotgan avtobusga yo'l berish shular jumlasidan. Imtihonda bu mavzu bo'yicha prava savollari tez-tez uchraydi.

O'quvchilar ko'pincha ajratilgan tasmaga qachon chiqish mumkinligini, masalan, burilish yoki o'ng chekkada yo'lovchi tushirish uchun, va bu tasmada to'xtash taqiqini adashtiradi. Aholi punktida bekatdan chiqayotgan yo'nalishli transportga yo'l berish majburiyatini ham yaxshi o'rganing.

Bu mavzuda nimani o'rganasiz

  • Tramvayning chorrahadan tashqaridagi imtiyozi
  • Yo'nalishli transport tasmasidan foydalanish qoidalari
  • Bekatdan qo'zg'alayotgan transportga yo'l berish
  • Yo'lovchilarni bekatdan tashqarida tushirish taqiqi

Mavzudagi savollar (21 ta)

  1. O'ngga burilganda shu belgi bilan belgilangan tasmaga o'tishga ruxsat etiladimi?3 ta variantAudioVideo
  2. Ko'rsatilgan vaziyatda qaysi tasmadan o'ngga burilish lozim ?2 ta variantAudioVideo
  3. Belgilangan yo'nalish bo'ylab ketayotgan avtobus haydovchi ushbu sharoitda yo'l berishi kerakmi?3 ta variantAudioVideo
  4. Agar yo'l boshlanishida ushbu belgi turgan bo'lsa, qatnov qismining qarama-qarshi yo'nalishiga o'tish mumkinmi?3 ta variantAudioVideo
  5. Rasmda ko'rsatilgan holatda yo'lovchilarni tushirish uchun to'xtashga ruxsat beriladimi?2 ta variantAudioVideo
  6. Qatnov qismining o'ng tasmasi bo'ylab harakatlanishga qaysi transport vositasiga ruxsat etilgan?4 ta variantAudioVideo
  7. Aholi punktlarida avtobus yoki trolleybus haydovchisi harakatni bekatdan boshlaydi. U:3 ta variantAudioVideo
  8. Agar yo'l tasmasi sidirg'a chiziq bilan ajratilib, belgi bilan belgilangan bo'lsa, avtobus haydovchisining tasma bo'ylab harakatlanishiga ruxsat etiladimi?3 ta variantAudioVideo
  9. Yo'lovchilarni tushirish uchun bu belgi o'rnatilgan tasmada to'xtashga ruxsat etiladimi?3 ta variantAudioVideo
  10. Transport vositalarining haydovchilari avtobus yoki trolleybusga yo'l berishlari kerak:3 ta variantAudioVideo
  11. Jamoat transporti bekatidan tashqarida yo'l chetidan qo'zg'alayotgan yo'nalishli transport vositasiga yo'l berishingiz kerakmi?2 ta variantAudioVideo
  12. Ushbu holatda qaysi transport vositasi yo'l berishi kerak?2 ta variantAudioVideo
  13. Yo'nalishli bo'lmagan transport vositalari “A” xarfi bilan belgilangan o'ng tasmada qaysi holatlarda harakatlanishlari mumkin?3 ta variantAudioVideo
  14. Tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega bulmagan holat:4 ta variantAudioVideo
  15. Qaysi transport vositalariga yo'lovchilarni tushirishga ruxsat etiladi?4 ta variantAudioVideo
  16. Faqat belgilangan yo'nalishli transport vositalariga qatnov qismida ajratilgan tasmasida boshqa turdagi transport vositalari harakatlanishga ruxsat etiladimi?3 ta variantAudioVideo
  17. Yengil avtomobil qaysi yo‘nalish bo‘yicha to‘g‘ri burilmoqda?3 ta variantAudioVideo
  18. Yo‘nalishli transport vositalariga bekatlardan tashqari joylarda yo‘lovchi olish va tushirishga (yo‘nalishli taksilar bundan mustasno) ruxsat etiladimi?2 ta variantAudioVideo
  19. Qaysi transport vositasi o‘ngga to‘g‘ri burilmoqda?4 ta variantAudioVideo
  20. Qaysi yo‘nalishlarda sizga harakatni davom ettirishga ruxsat etiladi?3 ta variantAudioVideo
  21. Ushbu yo‘l belgisi qanday nomlanadi?3 ta variantAudioVideo

To'g'ri javobni bilib oling

Telegram botda shu savolni yeching — javob berishingiz bilan to'g'ri yoki xato ekanini ko'rasiz. To'liq tayyorgarlik uchun ilovani yuklab oling: barcha savollar, ovozli va video tushuntirishlar, imtihon rejimi.

Shu bo'limdagi boshqa mavzular